Toshkent shahar Yunusobod tuman 70-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabimizda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun”! nomli Birinchi qo‘ng‘iroq tadbiri o‘tkazildi

Yangi o‘quv yili va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi! 
Bugun Yunusobod tumani  70 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ertalabdan bayramona kayfiyat hukm surdi. Maktab hovlisi gullar va bayroqlar bilan bezatildi, atrof muhitga toza suvlar sepilib, chiroyli muhit yaratildi.
O‘quvchilar, ota-onalar va mehmonlar saf tortib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan tadbir tantanavor ruhda boshlandi. 
She’rlar, qo‘shiq va raqslar orqali o‘quvchilar bayram kayfiyatini yuksaltirdilar. 
Bugungi bayram nafaqat yangi dars yilining boshlanishi, balki yurtimiz mustaqilligining qutlug‘ tantanasi sifatida ham barchamizni ruhlantirdi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘qituvchilarimiz, o‘quvchilarimiz va ota-onalarimiz uchun sog‘lik-salomatlik, omad va katta yutuqlar olib kelsin!





Смотреть все