Toshkent shahar Yunusobod tuman 70-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabimizga tashrif buyurishdi


Bugun,Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabiga yurtimizning taniqli ziyolilari – O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor M.Kirgizboyev hamda ushbu universitetning dekan o’rinbosari A.Elmurodov tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida  maktabning 8-,9-,10-va 11-sinf o’quvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazishdi. 

Professor tomonidan bilimli va yetuk mutaxassis bo’lish uchun yoshligidan intilish, izlanish, tanqidiy fikrlash va zamonaviy dunyoqarashga ega bo’lishning ahamiyati haqida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, u yoshlarga jurnalistika, siyosiy fanlar va kommunikatsiya sohalarining bugungi kundagi o’rni va istiqbollari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi.

Dekan o’rinbosari A.Elmurodov esa universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar hayoti, xalqaro hamkorlik dasturlari va grant asosida o’qish imkoniyatlari haqida so’zlab berdi.



Смотреть все