Maktabimizda "Shaytanat" qo‘shig‘i muallifi taniqli shoir Shukur Qurbon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Maktabimizda "Shaytanat" qo‘shig‘i muallifi taniqli shoir Shukur Qurbon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida shoir mustaqillikka erishguncha bosib o‘tilgan yo‘llar, mustaqillikni qadri, mustaqillik oliy ne`mat ekanligi haqida gapirib vatan haqida she’rlar o‘qib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Uchrashuv ko‘tarinki ruxda o‘tdi. Shoir o‘quvchilarga "Hikmatlar to‘plami", "Salomlashish-abadiyat-la" kitoblaridan sovg‘a qildi.
