Toshkent shahar Yunusobod tuman 70-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabimiz o‘quvchilari Tashkent University of Technology qiziqarli tashrif buyurishdi

Maktabimizning o‘quvchilari Tashkent University of Technology qiziqarli tashrif buyurishdi. Tashrif davomida yoshlar universitetdagi zamonaviy texnologiyalar, muhandislik yo‘nalishlari va innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar. Eng muhimi, tashrif doirasida texnika sohasiga qiziqadigan va o‘z ustida tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilarni aniqlash maqsadida maxsus sinov-test jarayonlari tashkil etildi. Mazkur test sinovlari natijalariga ko‘ra saralab olingan iqtidorli o‘quvchilar 9 oy davomida bepul repititorlik kurslariga jalb etiladi. Shuningdek, ular uchun kelgusi yili davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishdek ulkan imkoniyat eshigi ochiladi!
Bunday tashabbuslar yoshlarning kelajakdagi kasbini ongli ravishda tanlashi, ularning bilimini qo‘llab-quvvatlash va porloq kelajagini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Смотреть все