Toshkent shahar Yunusobod tuman 70-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

YANA BIR G‘ALABA — YANA BIR FAXR!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida tashkil etilgan “Kelajak yoshlari” xalqaro ko‘rik-tanlovida Yunusobod tumani 70-sonli maktab o‘quvchisi Xojimurotova Omina faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Bu yutuq — iste’dod, izlanish va mehnatning, ustozlar e’tibori va ishonchining yorqin samarasidir. 70-maktab jamoasi uchun yana bir quvonchli va faxrli natija! Yoshlarimizning bunday yutuqlari maktabimiz nufuzini yanada yuksaltirib, tengdoshlariga yangi marralar sari ilhom bag‘ishlaydi.
G‘alaba muborak! Yutuqlar bardavom, kelajak yanada porloq bo‘lsin! 

Смотреть все