Toshkent shahar Yunusobod tuman 70-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabimiz ‘quvchilari va ustozlari birgalikda faxriy ustozlar hamda nuroniylar holidan xabar olib, ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi


9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Yunusobod tumani 70-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari va ustozlari birgalikda faxriy ustozlar hamda nuroniylar holidan xabar olib, ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv jarayonida yoshi ulug‘ ustozlarning hayot yo‘li, mehnat faoliyati hamda yoshlarga bergan tarbiyasi haqida iliq suhbatlar bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar tomonidan ularga ehtirom va hurmat ko‘rsatilib, samimiy tilaklar bildirildi.
Bunday ezgu tadbirlar yosh avlod qalbida kattalarga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Смотреть все