Maktabimizda “Xotira aziz - qadr muqaddas ” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Yunusobod tumani 70-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Xotira aziz - qadr muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat va milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda milliy raqslar namoyish etildi.
O‘quvchilar o‘z chiqishlari orqali yurtimiz tinchligi va mustaqilligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar.
Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.



