Maktabimizda "Sevimli adibim" mavzusida adabiy kompozitsiya bo‘lib o‘tdi
Maktabimizda 24 fevral kuni "Sevimli adibim" mavzusida adabiy kompozitsiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 8-sinf o'quvchilari, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot Institutining amaliyotchi talabalari ishtirok etdilar. Tadbir bahs-munozaralarga, she'rxonlikka va raqsga boy bo‘ldi. Tadbirda Shivli va Xiyobontepa mahallalari faollari ishtirok etdilar. Tadbirni ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Z.Olimbekova va maktab targ'ibotchisi J.Muzaffarovlar tayyorladi.
