Toshkent shahar Yunusobod tuman 70-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

70-MAKTABDA YANGI DAVR — ZAMONAVIY SPORT MAJMUASI QURILISHIGA START BERILMOQDA!


Yunusobod tumani 70-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish yo‘lida muhim qadam tashlanmoqda. 
Bugundan boshlab maktab hududida zamonaviy sport majmuasi qurilishiga start berilmoqda! Bu maskan kelajakda o‘quvchilarimizning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom va faol turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Har bir bunyodkorlik — kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadam! Bugun qurilayotgan sport majmuasi — ertangi kunning sog‘lom, baquvvat va iqtidorli avlodini tarbiyalashga qaratilgan ezgu investitsiyadir. 
70-maktabda bunyodkorlik ishlari davom etmoqda! Yangi sport majmuasi — yangi imkoniyatlar, yangi g‘alabalar va yangi marralar sari yo‘l! 



Смотреть все